22:18 / 14.05.2020
3 424

OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)

OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)
OnePlus 8 Pro telefoni foydalanuvchilari qurilmaning kamerasi yupqa plastik ortidagi narsalarni ko‘rsatishga qodirligini payqadi, deb yozadi Meduza.
Ushbu funksiyadan foydalanish uchun smartfonning kamerasini yoqib, infraqizil nurlanishni qayd etuvchi fotoxrom filtrga o‘tilsa, kifoya. Ushbu xususiyatga Reddit foydalanuvchilari hamda latviyalik texnobloger Ben Geskin e’tibor qaratdi.

Geskin kamerani Apple TV pristavkasi va Oculus Quest VR-shlemida sinab ko‘rdi.
«OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi. Mana bu Oculus Quest’da qanday ko‘rinadi».

«Mana eng yaxshi misollardan biri. OnePlus 8 Pro smartfoni kamerasining fotoxrom filtri ayrim plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatadi».

Ayrimlar pult tarkibini o‘rganishga muvaffaq bo‘ldi.

Kameraning plastik buyumlar ichidagi narsalarni ko‘rsatish xususiyati kiyimlarga nisbatan ishlamasligi kerak, aslida. Biroq AndroidPIT texnologik nashri jurnalistlari qora futbolka ichiga yashirilgan qog‘ozni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » OnePlus 8 Pro telefon kamerasi plastik ortidagi narsalarni ham ko‘rsatadi (video)