2 469
Apple kompaniyasi iPhone uchun operatsion tizimning pandemiya hisobga olingan versiyasini chiqardi
Foto: REUTERS
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari uchun mo‘ljallangan iOS operatsion tizimining pandemiya sharoitida yuz bergan o‘zgarishlar hisobga olingan yangi versiyasini chiqardi.
Jumladan, iOS 13.5 versiyasi niqob taqqan odamga telefonni tez blokdan chiqarishga imkon beradi. Shuningdek, unda Google bilan birgalikda yaratilgan, koronavirusga chalinganlar bilan aloqalar haqidagi ogohlantirishlar tizimi Expose Notification joriy qilingan.
iOSning yangi versiyasi foydalanuvchilar niqobda bo‘lganda o‘z qurilmalarini ochishga urinishda duch kelgan muammoni hal qilgan. Operatsion tizimning avvalgi versiyalarida yuzni tanish tizimi niqob taqqan odamni ko‘rgach, parolni kiritish ekraniga o‘tishdan avval bir necha marta xato chiqargan. Yangi versiyada esa u niqobdagi odamni bir zumda tanib, parol kiritish ekranini darhol chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
Ulug‘bek Hoshimov: "Hujumchi pozitsiyasiga 3-4 futbolchi da’vogarlik qilmoqda"