19:38 / 30.05.2020
2 350

UZAUTO yosh mutaxassislari o‘pkani sun’iy shamolattish qurilmasini yaratishdi(video+foto)

UZAUTO yosh mutaxassislari o‘pkani sun’iy shamolattish qurilmasini yaratishdi(video+foto)
Bugun butun dunyo COVID-19 virusiga qarish kurashishga ulkan kuch tashlagan bir paytda, O‘zbekiston avtomobil sanoati korxonalari qo‘l qovushtirib tura olmaydi.

Jahondagi so‘nggi voqealar o‘pkani sun’iy shamollatish(ventilyatsiyalash) apparatlarining o‘ta yetishmasligiga olib kelganligini inobatga olib, O‘zbekiston avtomobil tarmog‘i yosh muhandis-mutaxassislari karantin davrida O‘SV apparati prototipini yaratdilar.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPU) mutaxassislari bilan birgalikda, prototip ustida yaqinda «O‘zavtosanoat» AJ qoshida tashkil etilgan “Research and Development Center” ishlanmalar markazi mutaxassislari ish olib bordilar. Apparatni ishlab chiqish muallif chizmalarini yaratish, dizaynni modellashtirish va bevosita apparatning o‘zini TPU laboratoriyasi bazasida yig‘ishni o‘z ichiga oldi.

O‘SV prototipi gipoallergan materiallardan yasalgan bo‘lib, ular, shuningdek, quriomani oson dezinfeksiyalash imkonini beradi. Apparatning texnik xususiyatlari namlik, bosim, kislorod va harorat darajasi sensorlarini o‘z ichiga oladi. Ularning ko‘rsatkichlari apparat xotirasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, O‘SV qurilmasi tozalash tizimi bilan ta’minlangan. Ishlangan havo filtr orqali o‘tadi, uni almashtirish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Elektr energiyasi uzilib qolishi ehtimoli uchun O‘SV apparati prototipi uzluksiz ozuqa manbai bilan jihozlangan. U apparatning kamida bir soat ishlashini ta’minlaydi. Tannarxi bozordagi shu kabi qurilmalardan bir necha barobar arzon bo‘lib, to‘liq «O‘zavtosanoat» tuzilmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va yig‘ilgan.

O‘z navbatida, «O‘zavtosanoat» AJ va ”Research and Development Center« tadqiqotlar va ishlanmalar markazi yosh, iste’dodli muhandislar hamda ixtirochilarni innovatsion ishlanmalar va loyihalarda qatnashish uchun o‘z jamoasiga taklif qiladi» deyiladi AJ axborot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » UZAUTO yosh mutaxassislari o‘pkani sun’iy shamolattish qurilmasini yaratishdi(video+foto)