08:49 / 05.06.2020
1 976

Eng ommaviy operatsion tizimlar ma’lum qilindi

Eng ommaviy operatsion tizimlar ma’lum qilindi
Foto: mediapure.ru
NetMarketShare tahliliy kompaniyasi dunyodagi eng ommaviy operatsion tizimlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ro‘yxatga ko‘ra, eng ommaviy operatsion tizim Windows 10 bo‘ldi. Ushbu tizim dunyodagi 57,83 foiz kompyuterlarga o‘rnatilgan.

2-o‘rinni Windows 7 egallagan, uning ulushi 24,28 foizni tashkil qiladi. 3-o‘rinni ham Windows operatsion tizimi versiyalaridan biri – 8.1 egallab, u 3,06 foiz kompyuterlarda o‘rnatilgan.

Apple kompaniyasining Mac OS operatsion tizimidan eng ommaviysi MacOS Mojave bo‘lib, 2 yil avval chiqarilgan dasturning ulushi 2,46 foizni tashkil qilgan.

Tahlilchilar Windows 7’ning ommaviyligini oddiygina ko‘nikish bilan tushuntirishmoqda – ko‘plab foydalanuvchilar Windows 10’ga Microsoft kompaniyasi o‘z tizimini haddan ko‘p yangilashi sababli o‘tishni istashmaydi.

2009 yilda chiqarilgan Windows 7 operatsion tizimi 14 yanvarda rasman eskirgan deb tan olingan. Bu tizim endilikda muntazam yangilanishlar olmaydi va u bo‘yicha texnik ko‘mak ko‘rsatilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng ommaviy operatsion tizimlar ma’lum qilindi