20:10 / 09.06.2020
4 074

O‘zbek olimlari koronavirusga qarshi dori ishlab chiqishdi

O‘zbek olimlari koronavirusga qarshi dori ishlab chiqishdi
9 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi «China–Uzbekistan Medicine Technical Park» texnoparkida ishlab chiqilgan 19 500 dona «Rutan» dori vositasini O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga beg‘araz taqdim etdi. Taqdimotda Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Olimjon To‘ychiyev, Bioorganik kimyo instituti direktori, akademik Shavkat Salixov, Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi Sanitoriya epidomiologiya va osoyishtalik agentligi direktor o‘rinbosari Baxrom Almatov, Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev, O‘zbekiston — Xitoy texnoparkining direktori Sharofiddin Mirzaahmedov mutasaddilari ishtirok etdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Bioorganik kimyo instituti tomonidan tomonidan yaratilgan grippga qarshi original «Rutan» dori vositasi Xitoy olimlari tomonidan o‘tkazilgan sinovlar natijasida SARS CoV-2 tipidagi gripp virusini 78,3 foizga ta’sirini susaytirish xususiyatini namoyon qilgan.

Shundan kelib chiqib, «Rutan» GMP talablariga javob beruvchi Xitoy-O‘zbekiston tibbiy texnoparkida tayyor dori vositasi sifatida ishlab chiqildi. 11 mingta o‘ram «Rutan» dori vositasi koronavirusga qarshi gumanitar yordam sifatida Eronga yuborilib, laboratoriya sinovlaridan ijobiy o‘tgan.

Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan O‘zbek-Xitoy ilmiy-texnologik parkiga 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilgan bo‘lib, 300 ta ish o‘rni tashkil etilgan. Bu markazning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda ham sharq tabobatining asrlar davomida sinovdan o‘tgan davolash uslublari, ham g‘arb tibbiyotining ilg‘or natijalaridan foydalaniladi.

Bugungi kunga kelib texnoparkda dori preparatlarining 8 xil ko‘rinishdagi (tabletkalar, kapsulalar, suyuq ko‘rinishdagi va boshqa) turlarini ishlab chiqaradigan farmatsevtika zavodi faoliyat yuritmoqda. Zavod yuqori xalqaro standartlarga to‘liq javob beradi va GMP talablariga mosligi bilan ahamiyatga molik.

GMP (Good Manufacturing Practic) – dori vositalari, tibbiyot uskunalari, diagnostika jihozlari, oziq-ovqat mahsulotlari, biologik faol qo‘shimchalarni ishlab chiqarish me’yorlari, qoidalari va ko‘rsatmalarini mujassam etgan xalqaro tizim bo‘lib, ma’lum preparat yaratilganida belgilangan talablarga mos ravishda hamda mazkur preparatni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning talablari asosida preparat ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbek olimlari koronavirusga qarshi dori ishlab chiqishdi