23:45 / 09.06.2020
2 818

Huawei hozirgi paytda hammaga zarur bo‘lgan smartfonni sotuvga chiqardi (video)

Huawei hozirgi paytda hammaga zarur bo‘lgan smartfonni sotuvga chiqardi (video)
Foto: Ars Technica
Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi hukmronlik qilayotgan bir paytda Huawei kompaniyasi o‘zining yangi Honor Play 4 Pro smartfonini termometr bilan jihozladi. Endilikda istalgan inson, birgina harakat bilan o‘z tana haroratini o‘lchay oladi, deb xabar beradi Ars Technica.

Ta’kidlanishicha, buning uchun telefonni peshonaga tekkizib, dasturni ishga tushirish kifoya. Kompaniya ushbu funksiyaning qanday ishlashi tasvirlangan video bilan bo‘lishdi.

Huawei vakillarining so‘zlariga ko‘ra, telefondagi infraqizil datchik tana haroratini -20 daraja Selsiydan 100 darajagacha o‘lchay oladi. U teplovizor yoki termometrchalik aniq emas, biroq hozirda infraqizil-chiplar arzon bo‘lgani sabab ular smartfonlarga turli maqsadlarda o‘rnatilmoqda.

Honor lineykasidagi boshqa telefonlar kabi Play 4 Pro modeli ham flagman bo‘lishiga qaramay, arzon narxda sotuvga chiqqan. Unga 6,57 dyuymli ekran, 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi Kirin protsessori, 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira, shuningdek, 4200 mA/soat sig‘imga ega akkumulator o‘rnatilgan.

Hozircha telefon faqat Xitoyda sotuvga chiqqan. Termometrli versiyasining narxi taxminan 422 dollarni, infraqizil datchik o‘rnatilmagani esa — 15 dollar arzonroq narxda sotilmoqda.

Smartfon ichiga o‘rnatilgan termometr — Xitoy giganti tomonidan koronavirusga qarshi kurash yo‘lida taqdim etilgan yagona usul emas. Huawei koronavirus tashxisini qo‘yuvchi o‘z tizimini yaratgan. Uning asosini ko‘z nurini aniqlash texnologiyasi va sun’iy intellekt tashkil etadi. Bu tezkorlik bilan avtomatik ravishda ma’lumotlarni kompyuter tomografiyasi yordamida baholash imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Huawei hozirgi paytda hammaga zarur bo‘lgan smartfonni sotuvga chiqardi (video)