11:50 / 10.06.2020
2 400

Rossiyalik olimlar aluminiyni suvda yoqishdi

Rossiyalik olimlar aluminiyni suvda yoqishdi
Foto: «Pixabay/homw»
Rossiya fanlar akademiyasi yuqori haroratlar qo‘shma instituti olimlari aluminiyni qo‘shimcha kimyoviy birikmalarsiz suvda yoqishning uddasidan chiqishdi. Bu haqda 10 iyun, chorshanba kuni institut matbuot xizmatiga tayanib «RIA Novosti» xabar berdi.

Ushbu kashfiyot metallarni yoqilg‘i sifatida ishlatadigan ekologik toza elektr qurilmalarning yaratilishiga imkon beradi. Ular benzin va dizelli dvigatellardan ko‘ra ancha samaraliroq.

«Zamonaviy transport vositalari metalldan yasalgan bo‘lib, yoqilg‘i sifatida uglevodorod ishlatadi. Ekologik toza transport buning mutlaqo aksi bo‘lishi mumkin: uglevodorod konstruksion material sifatida ishlatiladi, yoqilg‘i sifatida esa metall ishlatiladi», — deydi loyiha rahbari, Rossiya fanlar akademiyasi yuqori haroratlar qo‘shma instituti energiyani saqlovchi moddalar laboratoriyasi boshlig‘i Mixail Vlaskin.

Aluminiyni suvda oksidlash uchun ilgari olimlar suvga yoki aluminiyga turli kimyoviy qo‘shimchalarni qo‘shishgan.

Endi rossiyalik mutaxassislar aluminiyni hech qanday qo‘shimchalarsiz yopiq joyda suv bug‘ida yoqish orqali o‘z maqsadlariga erishish mumkinligini isbotlashdi. Yonish natijasida gazsimon o‘ta toza vodorod, qattiq aluminiy oksidi hosil bo‘ladi va issiqlik energiyasi ajraladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyalik olimlar aluminiyni suvda yoqishdi