14:43 / 12.06.2020
3 211

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor kim bilan muloqot qilganini ko‘rsatuvchi mobil ilova joriy etiladi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor kim bilan muloqot qilganini ko‘rsatuvchi mobil ilova joriy etiladi
Foto: Euronews
O‘zbekistonda ham Janubiy Koreyadagidek koronavirusga chalingan bemorni kim bilan muloqot qilganini kuzatib boradigan mobil ilova yaratiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda tibbiyot sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan, Covid-19’ga qarshi kurash borasida birgalikdagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot avvalida, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda, shuningdek, ushbu mamlakat mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkentda to‘rtinchi avlod Bolalar milliy tibbiyot markazini bunyod etishda Koreya Respublikasi tomonidan ko‘rsatilayotgan amaliy yordam uchun chuqur minnatdorchilik bildirib o‘tdi. Suhbat davomida ikki mamlakat vazirlari yurtimizda Koreyaning yetakchi tibbiyot universitetining filialini ochish, tibbiyot klasterini tashkil etish masalalarini keng muhokama qilishgan.

«Eng muhimi, ikki davlat vazirlari yurtimizda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda Covid-19’ga qarshi mobil ilovalarini yaratib, treking usulini joriy etish borasida kelishuvga erishdilar. Bu esa bizga xuddi Koreyadagidek koronavirusga chalingan bemor kim bilan muloqot qilgani va qaysi hududlarda bo‘lganini innovatsion tarzda aniq ko‘rsatib berish imkoniyatini yaratadi.

Bundan tashqari, hamkorlikda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda testlar va dorilarni ishlab chiqish masalalari ham muhokama etildi. Jumladan, «»ga qarshi vaksinani birgalikda klinik sinovlarini o‘tkazish to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi. O‘z navbatida Koreya Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu ushbu vaksinani dunyo mamlakatlariga taqdim etishda O‘zbekiston alohida ustuvor mavqega ega bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi
», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.

Muzokaralar yakunida Sog‘liqni saqlash sohasida O‘zbekiston – Koreya hamkorligi markazining imkoniyatlarini yanada kengaytirishga ham kelishib olingan.

Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot vaziri Pak Ning Xu o‘tgan yil aprel oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida Sog‘liqni saqlash vazirligining «O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining Faxriy professori unvoni bilan taqdirlangan edi.

«Hozirda ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikda islohotlarni amalga oshirish, jumladan, sohaning huquqiy asoslari, tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini yanada oshirish, elektron tibbiyotni joriy etish, davlat-xususiy sektor hamkorligi, tibbiy turizm hamda tibbiy sug‘urta sohasida mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish borasida izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemor kim bilan muloqot qilganini ko‘rsatuvchi mobil ilova joriy etiladi