00:23 / 17.06.2020
3 421

Samsung kompaniyasi BTS guruhi uslubida yaratilgan Galaxy S20+ va Galaxy Buds+ modellarini taqdim etdi

Samsung kompaniyasi BTS guruhi uslubida yaratilgan Galaxy S20+ va Galaxy Buds+ modellarini taqdim etdi
Foto: Samsung
Samsung kompaniyasi Galaxy S20+ 5G flagmani hamda Galaxy Buds+ simsiz naushnigining o‘ziga xos versiyasini taqdim etdi. Ular taniqli BTS k-pop guruhi uslubida yaratilgan.

«Mazkur yangilik muxlislarga o‘zining sevimli guruhi bilan yanada yaqin aloqada bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi», — deyiladi xabarda.

Gadjetlar korpusining rangi bilan standart versiyalardan farq qiladi: smartfonning orqa tomoni, naushniklar uchun tashqi keys va Galaxy Buds+ sensor maydonchasi binafsha rangga bo‘yalgan. Shuningdek, qurilma korpuslariga BTS logotiplari chizilgan. Yetkazib berish jamlanmasi ham farq qiladi — Galaxy Buds+ qutisiga guruhning rasmi tushirilgan. Galaxy S20+ 5G BTS Edition dasturiy ta’minot mavzusi ham BTS’ning o‘ziga xos uslubida yaratilgan.

Foto: Samsung
AQSH aholisi Galaxy S20+ 5G BTS Edition va Galaxy Buds+ BTS Edition modellarini 19 iyundan 8 iyulga qadar Samsung’ning rasmiy sayti orqali buyurtma qilishlari mumkin. Smartfonni xarid qilganlarga naushniklar 50 foiz chegirma bilan taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra modellarini 2020 yilning fevralida ommaga taqdim etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung kompaniyasi BTS guruhi uslubida yaratilgan Galaxy S20+ va Galaxy Buds+ modellarini taqdim etdi