16:24 / 18.06.2020
2 024

Xiaomi yangi elektr tish cho‘tkasini taqdim etdi

Xiaomi yangi elektr tish cho‘tkasini taqdim etdi
Foto: Xiaomi
Xiaomi kompaniyasi Inncap Sonic Electric Toothbrush nomli yangi tish cho‘tkasini taqdim etdi. Mazkur qurilmani yaratish uchun Youpin kraudfanding platformasi orqali mablag‘ yig‘ilmoqda, deb xabar beradi Gizmochina.

Qurilma tishni tozalashda yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, daqiqasiga 19 ming marotaba vibratsiya beradi. Foydalanuvchilar bir necha ish rejimini tanlash imkoniyatiga ega.

Inncap Sonic Electric Toothbrush cho‘tkasi yuqori zichlikka ega va yumshoq materialdan tayyorlangan bo‘lib, milkning qonashi ehtimolligini kamaytiradi. Cho‘tkaning uch o‘lchamli boshi tish shakliga moslashadi, bu esa chuqur tozalashlarni amalga oshirish hamda bir qarashda ko‘zga tashlanmaydigan kirlardan qutulish imkonini beradi.

Tishni tozalovchi qurilma bir marta quvvatlanish orqali 120 daqiqa tinimsiz ishlay oladi. Agarda undan kuniga ikki mahal 2 daqiqadan foydalanilsa, akkumulatori bir oyga yetadi. Qurilmaning jamlanmasidan quvvatlantirish stansiyasi ham o‘rin olgan. Shuningdek, maxsus sayohat rejimi ham mavjud bo‘lib, chamadonda tasodifiy ishlab ketishining oldini olishga xizmat qiladi.

Foto: Xiaomi
Inncap Sonic Electric Toothbrush IPX7 standarti bo‘yicha himoyalangan. Uchta elektrocho‘tkadan iborat devays jamlanmasi 12 dollar turadi. Savdolar 2020 yilning 11 iyulidan boshlanishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi yangi elektr tish cho‘tkasini taqdim etdi