21:15 / 22.06.2020
2 075

«2 yillik taqiq befoyda bo‘ldi» — Durov Telegram Rossiyada blokdan chiqarilgani haqida

«2 yillik taqiq befoyda bo‘ldi» — Durov Telegram Rossiyada blokdan chiqarilgani haqida
Foto: Reuters
Telegram asoschisi va rahbari Pavel Durov Rossiyada Telegram`ga qo‘yilgan taqiq olib tashlanganiga munosabat bildirdi.
Messenjer Rossiyada 2018 yil aprelida bloklangan, bunga kompaniya FXXga xabarlarni shifrdan chiqarish bo‘yicha ma’lumotni taqdim etishni rad etgani sabab bo‘lgan edi.

2 yildan ortiqdan vaqt davom etgan taqiq, Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada Telegram foydalanuvchilari sonini kamaytira olmagan, aksincha yuzerlar soni 2 barobarga oshgan.

Durov o‘z munosabatida «Raqamli qarshilik» harakatiga alohida e’tibor qaratgan. Uning aytishicha, Telegram`dagilar hukumat servisni bloklashidan avvalroq shunday bo‘lishini taxmin qilgan va shu bois bunga tegishli tayyorgarlik ko‘rib qo‘yilgan bo‘lgan: ilovaga o‘zgaruvchan proksi serverlarda ishlash, traffikni shifrlash usullari va boshqa senzuraga qarshi qurollar o‘rnatilgan edi.

«Bizga minglab rossiyalik mutaxassislar yordamga keldi: ular Telegram foydalanuvchilari uchun o‘z proksilarini ishlab chiqqan holda, «Raqamli qarshilik» nomli markazlashmagan harakatni vujudga keltirdilar.

Taqiqning birinchi haftasi qiyin kechgandi, Rossiyadagi ko‘plab foydalanuvchilarimiz tizimga ulanish bilan bog‘liq muammolarga duch keldi. Ular Telegram`ga kira olmasligi uchun Roskomnadzor millionlab IP-manzillarni qora ro‘yxatga kiritdi. Shunday bo‘lsa-da, Raqamli qarshilik harakati tufayli, 2018 yil mayidan keyin Rossiyada Telegram`ga kirish imkoniyati keng miqyosda qayta paydo bo‘lgan edi.

Natijada, Telegram`ning Rossiyadagi foydalanuvchilari soni kamaygani yo‘q, aksincha 2018 yildan buyon ikki barobarga ko‘paydi. 2020 yil may oyida servisning 400 million kishilik oylik faol yuzerlarning 30 millioni tizimga Rossiyadan ulandi. Bu shuni anglatadiki, Rossiyadagi foydalanuvchilarimiz soni oshib borishi boshqa mamlakatlarda bo‘lgani kabi bir xil sur’atda kechgan.

Oddiy qilib aytganda, taqiq ish bergani yo‘q», – deb yozadi Pavel Durov shaxsiy kanalida.
U ikki oy oldin Roskomnadzorga yangi rahbar tayinlanganini eslab o‘tib, messenjer o‘tgan hafta blokdan chiqarilganini olqishlash kerakligini aytgan.

«Umid qilamanki, bu shunday davom etadi. Mobodo taqiq qayta tiklangan taqdirda ham, foydalanuvchilar hech qanday o‘zgarishni sezishmaydi, deb umid qilamiz», – ta’kidlagan Telegram rahbari.

Durov endilikda tizimning senzuraga qarshi resurslari Telegram blokda qolayotgan Eron va Xitoyga yo‘naltirilishini ma’lum qilgan.
«Rossiyadagi yuzerlarga mo‘ljallangan proksi serverlarning adminlarini o‘z sa’y-harakatlarini endi mana shu mamlakatlarga qaratishini so‘raymiz.

Shuningdek, ular yangi qiyinchiliklarga ham tayyor turishlari lozim, boisi dunyodagi siyosiy vaziyat tobora taxmin qilib bo‘lmas tus olmoqda, oldinda yana ko‘proq hukumatlar asosiy e’tiborini maxfiylikka qaratgan Telegram kabi ilovalarni bloklashga harakat qilishlari mumkin», – degan u.

Pavel Durovning qayd etishicha, o‘tgan hafta Rossiya rasmiylari «o‘t ochishni to‘xtatgani» bilan, Raqamli qarshilik harakati to‘xtab qolmaydi.
«Harakat endigina boshlanmoqda va u global miqyosda yoyilyapti», – deya postini yakunlagan Telegram asoschisi.

Mvnbv: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » «2 yillik taqiq befoyda bo‘ldi» — Durov Telegram Rossiyada blokdan chiqarilgani haqida