10:23 / 23.06.2020
763

«Apple» yangi iOS 14 operatsion tizimini taqdim etdi

«Apple» yangi iOS 14 operatsion tizimini taqdim etdi
Foto: «Ferra.ru»
«Apple» korporatsiyasi «WWDC 2020» xalqaro dasturchilar anjumanida yangi talqindagi amaliy tizimi — iOS 14ni taqdim etdi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.

«O‘n to‘rtinchi» talqinda «iPhone»ning asosiy ekrani tubdan o‘zgardi — endi vidjetlarni, ya’ni boshqa ilovalarning tuynukchalarini joylashtirish va o‘lchamlarini o‘zgartirish mumkin.

Yana bir yangilik Smart Stack vidjeti bo‘lib, sutka davomida dolzarbligiga qarab faol ilovalarni ko‘rsatadi.

iOS 14 da ilovalar kutubxonasi ham ko‘zda tutilgan — ilovalar guruhlar va ro‘yxatlar ko‘rinishida joylashadi. Ayni shu kutubxona asosiy sahifadagi ilovani yashirish imkonini ham beradi.

Yangi operatsion tizim videoni fon tartibida ko‘rish imkonini ham taqdim etmoqda. Ya’ni videoning ekrandagi kattaligini boshqarish orqali bir paytning o‘zida boshqa ilovalar bilan ham ishlash mumkin.

Siri ovozli yordamchisi uchun ekranning quyi qismida kichik joy ajratilgan. Apple Translate funksiyalari qatorida sinxron tarjimon ham paydo bo‘ldi.

«Apple» korporatsiyasi, bundan tashqari, iPad OS 14, watchOS 7 va macOS Big Sur operatsion tizimlarini ham taqdim etdi. Yangi iPad OS 14 ham xuddi yangi iOS 14 kabi vidjetlar bilan ishlash funksiyalariga ega.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)