19:50 / 25.06.2020
2 313

Samsung Galaxy Fold 2 qanday dizaynga ega bo‘lishi ma’lum qilindi

Samsung Galaxy Fold 2 qanday dizaynga ega bo‘lishi ma’lum qilindi
Foto: Weibo
Samsung kompaniyasi avgust oyida Galaxy Note 20 lineykasini, buklanuvchi Z Flip 5G, shuningdek, Galaxy Fold 2 modelini taqdim etishi kerak. Eng so‘nggi model o‘zidan oldingi ajdodiga qaraganda bir qator afzalliklarga ega bo‘lgan, deb xabar beradi «Hi-Tech.Mail.ru».

Ice Universe nikli insayder Weibo’dagi akkaunti orqali yangi qurilma to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan. Suratlarga ko‘ra, smartfon displeyida kompaniyaning barcha zamonaviy flagmanlari kabi frontal kamera bo‘ladi. Galaxy Fold’ning birinchi avlodida frontal datchiklar olib tashlangan edi.

Ekran o‘lchami 7,3 dan 7,7 dyuymgacha. Piksellari soni esa 1680x2213 bo‘lib, tomonlar nisbati 11,8:9 ni tashkil etadi.

Tashqi displeyning o‘lchami ham kattargan. Galaxy Fold’ga 4,6 dyuymli panel o‘rnatilgan bo‘lsa, Galaxy Fold 2’da 6,23 dyuymli va ingicha hoshiyaga ega 819x2267 pikselli panel o‘rnatiladi. Unda ham kamera uchun mo‘ljallangan qirqim mavjud.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, buklanuvchan smartfon Snapdragon 865 protsessorida ishlaydi. Ishlab chiqaruvchi 12/256 gigabayt va 12/512 gigabayt xotiraga ega modifikatsiyalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Qurilmaning avtonomligini 4365 mA/soat sig‘imga ega akkumulator ta’minlaydi. Asosiy kamera esa uchta datchikdan iborat bo‘ladi: 64 Mp, 16 Mp va 12 Mp.

Hozircha Samsung Galaxy Fold 2’ning narxi oshkor qilinmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy Fold 2 qanday dizaynga ega bo‘lishi ma’lum qilindi