20:30 / 25.06.2020
2 229

Porsche 356’dan ilhomlanib yaratilgan hashamatli Hermes Speedster kateri taqdim etildi (foto)

Porsche 356’dan ilhomlanib yaratilgan hashamatli Hermes Speedster kateri taqdim etildi (foto)
Foto: Carakoom
Seven Seas Yachts kompaniyasi juda badavlat insonlar uchun eng hashamatli yaxtalarni yasash bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning so‘nggi ishi — klassik Porsche dizaynida yaratilgan motorli qayiq bo‘ldi, deb xabar qiladi Carakoom.

Ushbu qayiq Hermes Speedster nomini olgan. U baliq ovqalash uchun emas, balki qirg‘oq bo‘ylab sayr qilish uchun mo‘ljallangan. Qayiqning yunon xudosi nomi bilan atalishi tasodifan emas. Qadimgi Gretsiyada Germes tezlik, boylik, omad va sayohat xudosi hisoblangan.

Dizaynerlar 6,75 metrli ushbu qayiqni yaratishda klassik Porsche 356 modelidan ilhomlangan. Katerning kuzov borti yoki yon oynalariga diqqat bilan qaralsa, uning Porsche’ga naqadar o‘xshashligini payqash mumkin.

Foto: Carakoom
Kapitan o‘rindig‘i qarshisida qurilmalar paneli va yog‘ochdan ishlangan rul chambaragi joylashgan. Hermes Speedster’ga 155 ot kuchiga ega Rotax dvigateli o‘rnatilgan. Kompaniyaning ma’lum qilishicha, qayiqning innovatsion korpusi to‘lqinlarga minimal darajada qarshilik ko‘ratilishini ta’minlaydi.

Foto: Carakoom

Foto: Carakoom

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Porsche 356’dan ilhomlanib yaratilgan hashamatli Hermes Speedster kateri taqdim etildi (foto)