13:05 / 27.06.2020
1 879

Yaponiyada ishlab chiqarilgan robot-tyulen odamlarni baxtli qila olishi ma’lum bo‘ldi

Yaponiyada ishlab chiqarilgan robot-tyulen odamlarni baxtli qila olishi ma’lum bo‘ldi
Foto: Medical Xpress
Isroildagi Ben-Gurion universiteti xodimlari maxsus o‘rgatilgan ijtimoiy robotlar insonlarni baxtli qilishga qodir ekanligini aniqladi. Bu Yaponiyaning PARO robot-tyuleni ustida o‘tkazilgan tadqiqot natijasida ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Medical Xpress.

PARO tashqi ko‘rinishi bilan nafaqat tyulenga o‘xshaydi, balki unga tegilsa yoki murojaat qilinsa, suv jonzotining harakatlarini takrorlay ham oladi, masalan, panjalari bilan qarsak chalib, ovoz chiqaradi.

Olimlarning ta’kidlashicha, robot-tyulen bilan bir soat muloqot qilgan ko‘ngillilarning kayfiyati ko‘tarilgan va yengil yoki o‘rtacha og‘riqlari yo‘qolgan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, aqlli robotlar bilan bunday o‘yin-kulgi pandemiya paytida — boshqa odamlar bilan aloqa keskin cheklangan paytda juda yoqimli.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada ishlab chiqarilgan robot-tyulen odamlarni baxtli qila olishi ma’lum bo‘ldi