17:15 / 27.06.2020
2 488

Apple’ning «aqlli» ko‘zoynagi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Apple’ning «aqlli» ko‘zoynagi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
Foto: Appleinsider
Internetda Apple’ning yangi raqamli ko‘zoynagi uchun olingan patentning surati tarqaldi. Hujjat «boshga taqishga mo‘ljallangan modul tizimi» nomini olgan, deb xabar beradi Appleinsider.

Ko‘zoynakka o‘rnatilgan yechiluvchi qurilma yordamida uning avtonomligini oshirish mumkin, buning uchun unga qo‘shimcha akkumulator o‘rnatish kerak. Shuningdek, modulda qo‘shimcha datchik, sensorlar va boshqaruv elementlari ham bor.

Mish-mishlarga ko‘ra, Apple so‘nggi bir necha yildan beri Apple Glass — qo‘shimcha reallikka ega «aqlli» ko‘zoynak ustida ish olib bormoqda. Ko‘zoynaklarni ishlashining bir necha taxminiy variantlari mavjud — bu linzaga o‘rnatilgan kichik displey yoki tasvirni ko‘z qorachig‘iga proyeksiya qiluvchi mini-proyektor bo‘lishi mumkin.

Foto: Appleinsider
Shuningdek, patentda atrofdagi barcha narsani skanerlovchi maxsus kamera va lidarlarning ishlash jarayoni ham ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, u orqali televizorni yoqish mumkin, buning uchun barmoq bilan uni ko‘rsatish kifoya — ko‘zoynak qo‘l harakatini ko‘radi va kerakli amalni bajaradi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple’ning «aqlli» ko‘zoynagi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?