15:06 / 02.07.2020
2 930

Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi

Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Twitter’dagi LOvetodream nikli taniqli insayder yangi iPhone qurilmalari jamlanmasidan quvvatlantirish bloki va naushniklar bo‘lmasligi to‘g‘risidagi gap-so‘zlarni tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, smartfon qutisi ancha ingichkalashib, nozik shaklga kiradi, deb xabar qiladi Hi-Tech.Mail.ru.

Avvalroq taniqli tahlilchi Min Chi-Kuoga Apple yangi va eski iPhone’lar jamlanmasidan quvvatlantirgichni olib qo‘yishi haqida yozgandi. Shunday qilib, kompaniya bir vaqtning o‘zida bir necha muammoga yechim topadi — qutilar ingichkalashgani sabab smartfonlar logistikasini soddalashtiradi va 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash texnologiyasining joriy etilishi natijasida qurilma narxining ko‘tarilib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. iPhone 12 jamlanmasidan faqatgina Lightning kabel va smartfonning o‘zi o‘rin oladi.

Shundoq ham ko‘pchilik uyida boshqa smartfon yoki qurilmalarning quvvatlantirish bloki mavjud. Agarda kimgadir qo‘shimcha quvvatlantirish qurilmasi yoki naushnik kerak bo‘lib qolsa — uni alohida xarid qilishi mumkin. Shuningdek, Apple doim ekologiyaga e’tibor qaratib kelgan — smartfon qutilari parchalanib ketadigan materialdan tayyorlanadi, eski smartfonlar esa qayta ishlanadi.

Mazkur yangilik eski modeldagi smartfonlarning jamlanmasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Kuz faslidan boshlab iPhone SЕ ham naushnik va quvvatlantirgichsiz yetkazib beriladi. Mish-mishlarga ko‘ra, bazaviy iPhone 12 narxi iPhone 11’dan 50 dollarga arzon bo‘ladi (taxminan 770 dollar).

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi