18:30 / 05.07.2020
3 164

Turkiyada yangi qanotli raketa sinovlari yakunlandi (video)

Turkiyada yangi qanotli raketa sinovlari yakunlandi (video)
Foto: Anadolu
Turkiyalik harbiylar yangi qanotli raketa Atmaca’ning uzoq masofaga otish bo‘yicha sinovini o‘tkazishdi. Raketa 200 kmdan uzoqroqdagi nishonni aniq mo‘ljalga olgan.

Turkiya prezidenti ma’muriyatidagi mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demirning Twitter’da ma’lum qilishicha, Turkiyada ishlab chiqilgan birinchi kemalarga qarshi raketaning sinovi vaqtida qo‘yilgan barcha vazifalar muvaffaqiyatli bajarilgan. Uning ta’kidlashicha, yaqin orada raketa Turkiya armiyasi qurollanishiga topshiriladi va AQSHning Harpoon raketalari o‘rnini egallaydi.

Raketani yaratish ustidagi ishlar 2009 yildan boshlab Roketsan kompaniyasi tomonidan olib borilgan. Kompaniyada ta’kidlanishicha, yuqori aniqlikdagi raketa patrul katerlari, fregatlar va korvetlarga o‘rnatilishi mumkin. U parvoz vaqtining o‘zida nishonni o‘zgartira oladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Turkiyada yangi qanotli raketa sinovlari yakunlandi (video)