19:06 / 07.07.2020
2 836

Rossiyalik blogerlar Lada XRay avtomobilini suvda suzishga moslashtirdi (video)

Rossiyalik blogerlar Lada XRay avtomobilini suvda suzishga moslashtirdi (video)
Kadr: Telegram
YouTube’dagi «G‘ildiraklar ustidagi sirk» kanalida blogerlar Lada XRay avtomobilini amfibiyaga aylantirib, uni suvda suzdirayotgani tasvirlangan video paydo bo‘ldi.

Muhandislar amfibiya-avtomobilni yaratish uchun ortiqcha barcha elementlarni olib tashlagan va eng muhim narsalarni qoldirgan — kuzov, dvigatel va boshqaruv elementlari. Buning natijasida mutaxassislar avtomobilning og‘irligini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan. Shunga qaramay, mashina oddiy yo‘llarda bemalol harakatlana olgan.

Salon ichiga suv kirmasligi uchun blogerlar barcha teshiklarga «montaj ko‘pigi»ni quyib chiqqan, shuningdek, avtomobilga qo‘shimcha penoplast bo‘laklari o‘rnatilgan. Xetchbekni esa qayiq motori harakatga keltirgan.

Amfibiyaning suza olishini tekshirish maqsadida u real sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan. Lada XRay qirg‘oqdan bir necha metr nariga suzib, hech qanday muammosiz yana quruqlikka qaytib kelgan. Biroq amfibiyaning suvdagi tezligi ancha sekin, shunday bo‘lsa-da XRay suvda ham suza olishini isbotlab bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Rossiyalik blogerlar Lada XRay avtomobilini suvda suzishga moslashtirdi (video)