07:30 / 08.07.2020
2 715

Qizib ketayotgan smartfonni muzlatgichga solib sovutish to‘g‘rimi?

Qizib ketayotgan smartfonni muzlatgichga solib sovutish to‘g‘rimi?
Foto: «Hi-Tech.Mail.ru»
Smartfonlarni «xalq tabobati» usulida «davolash»ning ko‘plab yo‘llari bor. Ularning ba’zilari rostdan ham yordam bersa, ayrimlarini aqlga sig‘dirib bo‘lmaydi. Masalan, ommalashgan maslahatlardan biri — qizib ketayotgan smartfonni muzlatgichga solib qo‘yish. «Hi-Tech.Mail.ru» smartfon borasida foyda bermaydigan shu turdagi maslahatlarni to‘plab taqdim etdi.

Smartfonning qizib ketishi
Qishda smartfonlarda yozdagidan ko‘ra kamroq qizish kuzatiladi. Issiq kunda smartfonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri tushadigan joyga qo‘yishning o‘zi kifoya va natijani ham uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi.

Foto: «Hi-Tech.Mail.ru»
Telefon qizib ketganida uni muzlatgichga solib, sovutish yaxshi fikrdek tuyuladi. Ta’kidlash kerakki, ushbu fikrda jon bor, albatta, biroq bu ishni baribir qilmagan ma’qul. Chunki haroratning keskin o‘zgarishi qurilmaga hech qanday foyda keltirmaydi. Havo haroratining o‘zgargani sabab qurilma ichida kondensat paydo bo‘lishi va smartfonga zarar yetkazishi mumkin. Muzdek telefonni issiqqa chiqarishda ham xuddi shunday yo‘l tutish kerak.

Eng yaxshisi, qurilmaning soyada biroz turishi. Ustidagi g‘ilofini yechib tashlash ham foyda beradi.

Akkumulatorni tezda zaryadsizlash
Bundan tashqari, xalq orasida telefonni muzlatgichga solinsa, uning quvvatini tezda tugatish mumkin degan tushuncha bor. Aslida bu fikrda ham qisman jon bor. Smartfon sovuqda rostdan ham tez zaryadsizlanadi. Qishda telefon quvvati tezda tugashini sezish mumkin. Aslida esa smartfonning biroz qizishi uchun imkoniyat yaratib berish kerak va barchasi qayta tiklanadi. Shuningdek, muzlatgich tarmoqni bloklaydi va telefon qo‘shimcha energiya sarflamaydi, degan tushuncha ham mavjud.

Qurilmani tezroq zaryadsizlantirishni xohlagan foydalanuvchi uning ekran yorqinligini maksimumga ko‘tarib, biror o‘yin yoki videoni yoqib qo‘yishi kifoya.

Boshqa muammolar
Bundan tashqari, telefonni muzlatgichga solish quyidagi holatlarda tavsiya etiladi: telefon aloqa tarmog‘ini «ushlay» olmasa, naushniklar rejimida chiqmasa, quvvati tugamasi, Wi-Fi yoki Bluetooth ishlamasa va boshqa shu turdagi muammolarda.

Foto: «Hi-Tech.Mail.ru»
Internetda smartfonni muzlatish haqida ko‘plab ijobiy izohlarni ham o‘qish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, hech bir foydalanuvchiga o‘zining sevimli devaysini muzlatgichga solish tavsiya etilmaydi. Yaxshisi, mutaxassisga murojaat qilgan ma’qul.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Qizib ketayotgan smartfonni muzlatgichga solib sovutish to‘g‘rimi?