12:50 / 08.07.2020
2 823

Yaponiyada nutqni tarjima qilish funksiyasiga ega niqob yaratildi

Yaponiyada nutqni tarjima qilish funksiyasiga ega niqob yaratildi
Foto: Donut Robotics
Yaponiyaning Donut Robotics kompaniyasi Bluetooth yordamida nutqni yozib olib uni boshqa tilga tarjima qilish va matn ko‘rinishiga keltira oladigan C-mask nomli «aqlli» himoya niqobini yaratdi, deb xabar beradi «RBK».

C-mask yordamida yapon, ingliz, xitoy, fransuz, koreys, tay, ispan, vetnam va indonez tillariga tarjimalarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, qurilma qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va foydalanuvchi ovozini kuchaytirib bera oladi. Kelajakda niqobga AR va VR funksiyalarini qo‘shish rejalashtirilmoqda.

Foto: Donut Robotics
Hozirda Donut Robotics Fundinno kraudfanding platformasi orqali 28 million iyena (260 ming dollar) to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Rejalarga ko‘ra, C-mask’ning birinchi partiyasi 2020 yilning sentabr oyida taqdim etilishi kerak.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiyada nutqni tarjima qilish funksiyasiga ega niqob yaratildi