22:49 / 10.07.2020
2 100

Facebook bilan bog‘liq muammolar boshqa ommaviy ilovalarni ham «ishdan chiqarmoqda»

Facebook bilan bog‘liq muammolar boshqa ommaviy ilovalarni ham «ishdan chiqarmoqda»
Facebook SDK tomonida kuzatilayotgan keng miqyosdagi «qotib qolish»lar va sekinlashishlar oqibatida iOS'dagi qator ommaviy ilovalar faoliyati ham to‘xtab qoldi. Bu haqda Yandeks va boshqa platformalar ma’lum qilgan.

Ma’lumki, tahlil qilish, targetlash va foydalanuvchilarni avtorizatsiyadan o‘tkazish uchun ko‘plab ilovalarda Facebook SDK'dan foydalaniladi.
Bunday nuqsonlar butun dunyodagi TikTok, Spotify, Pinterest, Tinder, Viber foydalanuvchilari, Yandeks va boshqa kompaniyalar servis xizmatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Mahsulotlari Facebook SDK bilan bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar mutaxassislar esa ushbu muammoni bartaraf etish ustida ish olib borishyapti.

Facebook rahbariyati ham mazkur muammoni bilishi va uning sababini topish ustida ish olib borilayotganini bildirgan. Shunga o‘xshash holat may oyida ham kuzatilgan, ammo kamchiliklar o‘sha kunning o‘zida bartaraf etilgandi.

Manba: Xs.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook bilan bog‘liq muammolar boshqa ommaviy ilovalarni ham «ishdan chiqarmoqda»