11:04 / 11.07.2020
2 728

Xiaomi o‘zining eng arzon elektroskuterini taqdim etdi

Xiaomi o‘zining eng arzon elektroskuterini taqdim etdi
Foto: ShiftDelete
Xiaomi o‘zining yangi Ninebot C30 nomli elektroskuterini taqdim etdi. Mazkur skuter nafaqat Ninebot lineykasidagi, balki bozordagi mavjud elektroskuterlar orasida eng arzon modelga aylandi, deb yozadi Gizmochina.

Ninebot C30 modeli Ninebot lineykasidagi C40, C60 va C80’dan keyingi eng yosh modelga aylandi. Bundan oldingi elektroskuterlar narxi 571 dollardan boshlanib, 857 dollarga qadar yetgan. Yangi C30 modelining narxi esa 428 dollardan boshlanadi.

Ninebot skuterlarining C hamda E-seriyalari mavjud. Ikkinchi seriyaning o‘ziga xosligi — transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish va uni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasining shart emasligida.

Hozircha yangi Ninebot C30’ning texnik tavsifi oshkor etilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u C40’dan deyarli farq qilmaydi, bir marta quvvatlanish orqali 45 kilometr masofa bosishga qodir. Xiaomi’ning barcha skuterlarini smartfonga ulab, uning dvigatelini bloklab qo‘yish va harakat rejimini o‘zgartirish mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi o‘zining eng arzon elektroskuterini taqdim etdi