Foto: Sean Gallup / Getty Images
2021 yilga rejalashtirilgan iPhone yangi ekran bilan chiqadi. Bu haqda koreyaning ET News nashriga tayangan holda Lenta xabar berdi.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, Apple an’anaviy OLED-panellardan voz kechadi va integratsiyalashgan sensor qatlamga ega OLED-ekranlardan foydalanadi.
Bu smartfonning old qismidagi komponentlar miqdorini kamaytirish va iPhone tannarxini pasaytirish imkonini beradi. Mutaxassislarning qayd qilishicha, yangi smartfonlarning displeyi rekord darajada yupqa bo‘ladi, bu esa devaysning gabaritlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Bunda Apple bo‘sh qolgan sathdan yangi komponentlarni joylashtirish uchun foydalanishi mumkin.
Jurnalistlarning bashoratiga ko‘ra, kompaniya smartfonlar narxini tushirmaydi, biroq iPhone 13 yangi turdagi displeyning tatbiq qilinishidan qimmatlamaydi. Katta ehtimol bilan OLED-ekranlarni Samsung kompaniyasi ishlab chiqaradi.
2020 yil oxirigacha iPhone smartfonlarining bir necha turini taqdim qilishi kutilmoqda. Ularning barchasi OLED-ekran va 5G tarmoqlarida ishlash texnologiyasiga ega bo‘ladi.
Qo‘shimcha qilish joizki, Apple tarixidagi eng yupqa smartfon 6,9 mm qalinlikka ega iPhone 6 hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?