00:11 / 26.07.2020
2 413

TikTok Google va Facebook kompaniyalarining sobiq xodimlarini ishga olmoqda

TikTok Google va Facebook kompaniyalarining sobiq xodimlarini ishga olmoqda
Foto: Reuters
TikTok Amerikadagi yirik IT-kompaniyalarining sobiq xodimlarini faollik bilan ishga olmoqda, deb ma’lum qildi CNBC.
Butun dunyo bo‘yicha TikTok’da Google kompaniyasining 172, Facebook’ning 165, Amazon’ning 57 va Apple’ning 40 nafar sobiq xodimi ishlaydi, deya qayd etmoqda telekanal.

Facebook kompaniyasida 12 yil ishlagan, kompaniyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha sobiq vitse-prezidenti Bleyk Chendli global biznes-qarorlar bo‘yicha TikTok vitse-prezidenti sifatida ishlamoqda.

Instagram’ning Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqda marketing bo‘yicha sobiq direktori Trevor Jonson TikTok’ning marketing va xalqaro biznes-qarorlar bo‘yicha Yevropadagi direktori etib tayinlangan.

Google’ning Yevropadagi ommaviy siyosat bo‘yicha sobiq katta menejeri Teo Bertram TikTok’ning Yevropadagi hokimiyat organlari bilan ishlash va ommaviy siyosat bo‘yicha direktori bo‘lib ishlamoqda.

Telekanal manbasining aytishicha, TikTok xodimlarga katta maosh taklif qilmoqda — kompaniya masalan, yetakchi mutaxassislarga yiliga 200 ming funt sterlingdan boshlab ($246 ming) maosh to‘lashga tayyor.

Qayd etilishicha, TikTok uch yil ichida AQSHda 10 ming kishini ishga olishni rejalashtirgan. Bu mamlakatda hozirda TikTok’da 1400 kishi ishlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » TikTok Google va Facebook kompaniyalarining sobiq xodimlarini ishga olmoqda