16:09 / 07.08.2020
2 078

Xiaomi yechiluvchi displeyga ega smartfon yaratadi

Xiaomi yechiluvchi displeyga ega smartfon yaratadi
Foto: LetsGoDigital
Xiaomi qachonlardir smartfonlarning modul dizayni g‘oyasiga bo‘lgan qiziqishni qaytadan paydo qilish niyatida. Kompaniya yechiladigan ekranga ega qurilmani ishlatishni o‘z ichiga olgan yangi texnologiyani patentladi, deb xabar beradi LetsGoDigital.

Hujjatlarda qurilma «ikkita qismdan iborat telefon» deya izohlangan. Tasvirlarga ko‘ra, konstruksiya yechiluvchan displey funksiyasini taqdim etadi.

Displeysiz smartfonlar sxemasida ikkitalik frontal kamerani ko‘rish mumkin. Yig‘ilgan holatda qurilma oddiy devaysdan hech qanday farq qilmaydi. Ekran korpus bilan ikkita konnektor yordamida birlashadi, biroq ushbu mexanizmning ishlash tartibi haqida hech narsa deyilmagan.

Foto: LetsGoDigital
Bu kabi konstruksiyaning o‘ziga yarasha foydali tomonlari ham bo‘lishi mumkin. Masalan, qurilma displeyi buzilib qolganida, uni samartfon egasining o‘zi ham maxsus anjomlarsiz almashtira oladi. Bundan tashqari, korpusdan ekran ajralgan bo‘lsa ham ishlashni davom etadi, bu foto va videosuratga olish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Xiaomi bunga qadar ham bir qator g‘ayrioddiy smartfonlarining konseptini taqdim etgan. Xususan, avvalroq aylanuvchi kameraga ega smartfon ustida ish boshlagani, shuningdek, o‘z korpusi atrofida deyarli to‘liq «aylanuvchi» smartfon yaratayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi yechiluvchi displeyga ega smartfon yaratadi