08:13 / 18.08.2020
2 029

O‘zbekistondagi iPhone foydalanuvchilari yoppasiga VPN ilovalarini o‘rnatishmoqda

O‘zbekistondagi iPhone foydalanuvchilari yoppasiga VPN ilovalarini o‘rnatishmoqda
Shu yilning avgust oyidan boshlab o‘zbekistonlik ayrim foydalanuvchilar Instagram ijtimoiy tarmog‘iga ulanishda muammolar yuzaga kelayotganini bayon eta boshlashgan, deb yozmoqda spot.uz.

O‘zbekitstonlik iOS foydalanuvchilari yoppasiga VPN o‘rnatayotganini App Annie mobil tahlil servisining ma’lumotlari ham ko‘rsatib turibdi. 17 avgust holatiga kelib, beshta eng ko‘p yuklab olingan ilovalardan naq to‘rttasi — VPN. Bunday holat so‘nggi uch yilda ilk bora kuzatilmoqda.

Android foydalanuvchilari tomonidan VPN’ni yuklab olish darajasi bu qadar yuqori emas.
Iyul oyining boshlarida mobil VPN yana foydalanuvchilar o‘rtasida mashhurlasha boshladi. Bu hodisa Facebook ijtimoiy tarmog‘iga ulanishda muammolar yuzaga kelishi bilan bir vaqtda sodir bo‘ldi.

Avgust oyidan boshlab esa ayrim foydalanuvchilar Instagram’ga ulanishda ham muammolar yuzaga kelayotganini xabar bera boshlashdi. Buni Downdetector servisi ma’lumotlari ham tasdiqlamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekistondagi iPhone foydalanuvchilari yoppasiga VPN ilovalarini o‘rnatishmoqda