15:50 / 18.08.2020
3 110

Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi

Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Forbes»
«Apple» kompaniyasi 2-chorak moliyaviy natijalarini ma’lum qilarkan, «iPhone 11» Xitoyda eng yaxshi sotilgan smartfon bo‘lganini ta’kidlagandi. Endi ushbu ma’lumotlarni «Counterpoint» ekspertlari ham tasdiqlashdi: «iPhone 11» nafaqat Xitoy, balki dunyoning boshqa yirik bozorlari ham yetakchisi ekan.

«iPhone 11». Foto: «iPhones.ru»
Tadqiqotlarga ko‘ra, 2020 yil 2-choragida «Apple» smartfoni ko‘p sotilish bobida Xitoyda «Oppo A8», «Honor 9X», «Vivo Y3» hamda «Huawei Mate 30 5G»ni ortda qoldirib, «kuchli beshlik» yetakchisiga aylandi. Holbuki, bulardan faqat «iPhone 11» va «Huawei Mate 30» premium-segmentga mansub, qolganlari arzon smartfonlar, ta’kidlaydi «Gizchina».

O‘tgan yilgi «ayfon» («iPhone 11»), qolaversa, AQSH (bozorning 16 foizi), Germaniya (11 foiz), Buyuk Britaniya (12 foiz) va Yaponiya (19 foiz)da eng ko‘p sotilgan smartfon. Umuman olganda, «ayfon» ishqibozlari Buyuk Britaniya (yetakchi to‘rtlik — «iPhone 11», «iPhone Xr», «iPhone SE» va «iPhone 7») va Yaponiya (yetakchi uchlik — «iPhone 11», «iPhone 11 Pro» va «iPhone 7»)da juda ko‘p.

«Samsung Galaxy A51». Foto: «iXBT.com»
Ammo bu yirik bozorlarni faqat «ayfonlar» egallab olganini anglatmaydi. Masalan, Fransiyada kichik ustunlik (8 foiz) «Samsung Galaxy A51» tomonida(«iPhone 11» ulushi 7 foiz), Hindistonda yetakchi beshlikda «Redmi»lar hukmron, Janubiy Koreyada esa «Samsung» peshqadam.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Eng bozori chaqqon smartfon nomi ma’lum bo‘ldi