10:05 / 27.08.2020
3 062

Buyuk Britaniyada uchar taksilar paydo bo‘ladi (video)

Buyuk Britaniyada uchar taksilar paydo bo‘ladi (video)
Foto: Vertical Aerospace
Mazkur samolyot-taksiga haydovchi bilan birgalikda besh kishi sig‘adi. Uning maksimal tezligi soatiga 241 kilometrni tashkil etadi.
Britaniyaning Bristol shahridagi Vertical Aerospace kompaniyasi 76 kilometrlik masofani yarim soatda bosib o‘tadigan E-Taxi havo taksisi xizmatini ishga tushirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qildi. Hozirda ushbu masofa poyezdda bir soatda bosib o‘tiladi. Model prototipi 2021 yil sentabrda paydo bo‘ladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Mazkur samolyot-taksiga haydovchi bilan birgalikda besh kishi sig‘adi. Uning maksimal tezligi soatiga 241 kilometrni tashkil etadi. Taksi litiy-ionli batareyalardan quvvatlanadi.

Havo taksisi Yevropa aviatsion xavfsizlik agentligi tomonidan sertifikatlanadi. Vertical Aerospace 2024 yilga kelib havo taksisi xizmati uchun to‘lovlarni arzonlashtirishni rejalashtirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Buyuk Britaniyada uchar taksilar paydo bo‘ladi (video)