17:28 / 27.08.2020
2 340

Ilk marta iPhone 12’ni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi (video)

Ilk marta iPhone 12’ni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi (video)
Apple korporatsiyasi kuni kecha iPhone 12 turkumidagi smartfonlarining taqdimot sanasini bilmasdan oshkor etib qo‘ygan edi. Endi esa yangi avlod ayfonining ishlayotgan holatidagi ilk videolavhasi ham internetga chiqdi.

Slashleaks saytida e’lon qilingan mazkur videorolikda iPhone 12 smartfoni sozlamalar menyusining ayrim qismlari ko‘rsatilgan. Unga qarab, yangi avlod ayfonlarining ba’zi xususiyatlariga guvoh bo‘lamiz.

Jumladan, smartfonda foydalanuvchilar kameraning turli ish rejimlarini ipidan-ignasigacha sozlay olishlarini ko‘rishimiz mumkin. Suratga tushirishda tungi rejim, soniyasiga 120 va 240 kadr tezligida 4K-video olish, faol shovqin to‘sish, zum kabi imkoniyatlar ham bor. Shuningdek, bosh kameradagi lazerli lidar (LiDAR) datchigini o‘chirib yoki yoqib qo‘yish mumkin.

Muhim jihatlardan yana biri – yangi ayfonning Pro-versiyalarida displeyda tasvirning 120 gerslik yangilana olishidir. Ekranning tepa qismida an’anaviy tarzda ulkan kemtik ochilgan – u yerga old kamera va boshqa datchiklar o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Ilk marta iPhone 12’ni «jonli» videoda ishlatib ko‘rsatishdi (video)