07:00 / 30.08.2020
2 150

LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanmoqda

LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanmoqda
Foto: IXBT
Internetda Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi tomonidan yaratilgan qiziqarli smartfonga oid qo‘shimcha ma’lumotlar paydo bo‘ldi. LG Wing shartli nomini olgan smartfon aylanuvchi ekran ostida qo‘shimcha sensor displeyli noodatiy form-faktorga ega bo‘ladi, deb xabar beradi IXBT.

XDA-Developers resursining ma’lumotlarga ko‘ra, LG Wing narxi 1600 dollarni tashkil etadi, HeraldCorp’ning yozishicha esa, qurilma «ming dollar atrofida» bo‘ladi.

Mish-mishlarga ko‘ra, smartfon asosiy ekranining diagonali 6,8 dyuymni, kichkinasi esa 4 dyuymni tashkil etadi. Shuningdek, qurilmaga Snapdragon 765 yoki 765G protsessori, asosiy datchigi 64 megapiksellga teng kamera o‘rnatilishi kutilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, «rotator» form-faktori uzoq yillar oldin mashhurlikka erishgan — bu kabi telefonlar orqali QWERTY klaviaturalaridan foydalanish mumkin bo‘lardi. Albatta, u vaqtlarda ikkita sensor ekrandan foydalanilmagan, umuman olganda zamonaviy smartfon tushunchasining o‘zi ham bo‘lmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG ming dollar evaziga noyob smartfon taqdim etishga tayyorlanmoqda