22:45 / 31.08.2020
2 510

Yaponiya kompaniyasi uchar avtomobilni sinovdan o‘tkazdi

Yaponiya kompaniyasi uchar avtomobilni sinovdan o‘tkazdi
Foto: SkyDrive
Yaponiyaning SkyDrive kompaniyasi ichida inson bo‘lgan SD-03 uchar avtomobilini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Associated Press agentligi yozmoqda.
Xabarda aytilishicha, mashina yuqoriga parvoz qilib, yerdan bir yarim-ikki metr balandlikda muallaq turgan. Mashina ichidagi haydovchi ushbu jarayonni nazorat qilgan. Loyiha rahbari Tomoxiro Fukudzavaning aytishicha, aeromobil sohasidagi kamdan-kam kompaniyalargina bunday natijaga erisha olgan.

SD-03 hozircha 5-10 daqiqa ucha oladi, ammo SkyDrive parvoz vaqtini uzaytirish ustida ishlamoqda. Agentlikning yozishicha, kelgusida kompaniya ishlanmalari kichik masofadagi aviaqatnovlar uchun muqobil tanlov bo‘lishi mumkin.

Avvalroq Britaniyaning Bristol shahridagi Vertical Aerospace kompaniyasi 76 kilometrlik masofani yarim soatda bosib o‘tadigan E-Taxi havo taksisi xizmatini ishga tushirish bo‘yicha rejalarini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yaponiya kompaniyasi uchar avtomobilni sinovdan o‘tkazdi