10:30 / 01.09.2020
2 295

Turkiya o‘zining birinchi fazoviy raketasini orbitaga uchirdi

Turkiya o‘zining birinchi fazoviy raketasini orbitaga uchirdi
Turkiya o‘zi ishlab chiqqan birinchi raketa-tashuvchini MUFS loyihasi doirasida orbitaga uchirdi.
Raketa 130 km balandlikka erishgan va Yer atmosferasi hamda fazo o‘rtasidagi shartli chegara hisoblangan Karman chizig‘ini (dengiz sathidan 100 km balandlik) kesib o‘tgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ijtimoiy tarmoqlarda orbitaning raketa tashuvchi tomonidan olingan surati bilan bo‘lishgan.

Turkiya mudofaa sanoati boshqarmasi rahbari Ismoil Demir raketa parvoziga izoh berib, “Turkiya fazo bilan tutashganini” aytgan. Raketa 2018 yildan beri boshqarma ko‘magida Roketsan kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan MUFS loyihasi doirasida orbitaga uchirilgan.

Loyihani 2025 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. Hozirda u bir yillik ilgarilash bilan amalga oshirilmoqda. Loyiha mutaxassislari oldiga 100 kg og‘irlikka ega sun’iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiquvchi raketa yaratish vazifasi qo‘yilgan.

Yangi texnologiyalar Turkiyani jahon koinot bozori yetakchilari qatoriga olib chiqadi va mamlakatning pozitsiyalarini mustahkamlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Turkiya o‘zining birinchi fazoviy raketasini orbitaga uchirdi