11:43 / 01.09.2020
2 015

iPhone 11 va 11 Pro ishtirokidagi ekstremal test: smartfonlar sakkiz oy suv ostida qoldi (video)

iPhone 11 va 11 Pro ishtirokidagi ekstremal test: smartfonlar sakkiz oy suv ostida qoldi (video)
Kadr: YouTube
CNET resursi 2019 yilda taqdim etilgan Apple smartfonlari — iPhone 11 va 11 Pro ustida suvdan himoyalanish bo‘yicha o‘tkazgan ekstremal sinovlarining yakuniy natijasini e’lon qildi, deb xabar beradi IXBT.

CNET Sofar Ocean Technologies kompaniyasi bilan birlashib, iPhone 11 va 11 Pro’ni suvosti droni — Trident’ga qotirgan edi. Tadqiqotchilar iPhone 11 va 11 Pro qotirilgan Trident bilan nima sodir bo‘lishini kuzatish maqsadida Monterey ko‘rfaziga yo‘l olgan.

Apple iPhone 11 uchun 2 metrli chuqurlik xavfsiz ekanligini va’da qilganiga qaramay, birinchi bosqichni (4 metr chuqurlikda 30 daqiqa) iPhone 11 va 11 Pro osonlikda bosib o‘tgan. Smartfonlar artib tashlangach, uning ekranlari ishlashni davom etgan, kameralarida namlik alomatlari kuzatilmagan, tugma va dinamik ishlagan. Faqat ovoz chiqarishda biroz pasayish kuzatilgan.

Ikkinchi bosqichda smartfonlar 8 metr chuqurlikka 30 daqiqaga tushirilgan— bu Apple’ning «xavfsiz» e’lonidan iPhone 11 uchun to‘rt barobar, 11 Pro uchun esa ikki barobar ko‘proq. Ushbu bosqichda ham hech qanday qiyinchiliksiz uddalangan — ekran, dinamik va kameralar ishlashni davom etgan.

Uchinchi bosqichda esa chuqurlik 12 metrga yetkazilgan. Smartfonlar suv ostida bo‘lganida iPhone 11 Pro ekrani kutilmaganda sekundomerdan boshqa bir ilovaga — soatga o‘zgargan. Bir qarashda smartfonlar ishlash qobiliyatini saqlab qolgan, faqat ovoz bo‘g‘ilgan.

Ushbu testlarning barchasi 2019 yilning oktabrida amalga oshirilgan. Nima uchun bu haqda hozir xabar berilmoqda? Eng qizig‘i shundan so‘ng boshlangan. CNET tajribachilari sinovlarni davom ettirishga qaror qilib, iPhone 11 va 11 Pro’ni suv ostida 8 oyga qoldirishga qaror qilgan. Endilikda ushbu muddat yakuniga yetdi va suv ostidan chiqarib olingan smartfonlar ishlashda davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 11 va 11 Pro ishtirokidagi ekstremal test: smartfonlar sakkiz oy suv ostida qoldi (video)