18:12 / 02.09.2020
2 701

Zoom kompaniyasi asoschisi bir kundayoq 5,2 milliard dollarga boyidi

Zoom kompaniyasi asoschisi bir kundayoq 5,2 milliard dollarga boyidi
Chapda Zoom kompaniyasi asoschisi Erik Yuan (Eric Yuan)
Zoom ilovasi yaqinda tarixdagi barcha rekordlarni «sindirib», birinchi o‘ringa chiqib olgan edi. Mazkur videokonferensiyalar servisi 31 avgust kuni o‘zining moliyaviy hisobotini e’lon qildi va undan ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi!

Hisobotda qayd etilishicha, Zoom joriy yilning ikkinchi choragida o‘z daromadini 664 million dollarga yetkazgan; bu esa o‘tgan yilga nisbatan naq 355 foizga oshish, deganidir. Shuningdek, kompaniyaning sof foydasi ham o‘sib, salkam 186 million dollarni tashkil etgan.

Bulardan tashqari, Zoom servisining mijozlar bazasi ham oshgan – hozirda 370 mingdan oshiq kompaniya videoaloqa vositasi sifatida aynan undan foydalanadi. Ta’kidlash kerakki, bu – o‘tgan yilning shu davridagiga qaraganda 458 foizga yuqori ko‘rsatkichdir.

Moliyaviy hisobot e’lon qilingach, Zoom aksiyalari qimmatlab ketdi va natijada uning qiymati ham 32 foizga oshdi. Pirovardida kompaniya asoschisi Erik Yuan (Eric Yuan) bir kunda naq 5,2 milliard dollarga boyidi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Zoom kompaniyasi asoschisi bir kundayoq 5,2 milliard dollarga boyidi