00:01 / 03.09.2020
3 058

Samsung bir marta quvvatlantirilganda 2 kun uzluksiz ishlaydigan smartfonni taqdim etdi

Samsung bir marta quvvatlantirilganda 2 kun uzluksiz ishlaydigan smartfonni taqdim etdi
Foto: Samsung
Samsung kompaniyasi kuchli batareyaga ega Galaxy M51 modelini taqdim etdi. Bu haqda Janubiy Koreya brendining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Smartfonning o‘ziga xos jihati sig‘imi 7000 mA/soatga teng batareyaga ega ekanligida. Bu kabi akkumulator qurilmaning ikki kun quvvatlantirishsiz ishlay olishini ta’minlashga qodir.

Foto: Samsung
Gadjet Snapdragon 730 protsessori, 6 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotiraga ega.

Foto: Samsung
Samsung Galaxy M51 modeli organik yorug‘lik diodga ega faol matritsali 17 santimetrga teng FHD+ displeyi bilan jihozlangan.
Kameraning asosiy moduli 64 megapiksellni, qo‘shimcha ikkita ob’ektivi esa 12 va 5 megapiksellni tashkil etadi. Frontal kamerasi 32 megapiksellga teng.

Foto: Samsung

Foto: Samsung
Smartfon narxi 300 yevroni tashkil etmoqda, sotuvga 11 sentabrdan chiqadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung bir marta quvvatlantirilganda 2 kun uzluksiz ishlaydigan smartfonni taqdim etdi