11:37 / 03.09.2020
2 041

Avstraliyada og‘riqni sezishga qodir elektron teri yaratildi

Avstraliyada og‘riqni sezishga qodir elektron teri yaratildi
Foto: Tech Xplore
Melburn qirollik texnologiyalar universiteti olimlari sun’iy elektron terini yaratdi. U xuddi inson terisi kabi og‘riqni sezadi, deb xabar beradi Tech Xplore.
Qurilma kasalliklar hissiga nerv signallari inson miyasiga yetib boradigan tezlikda javob qaytara oladi.

Tadqiqotning yetakchi muallifi Madxu Bxaskarananing so‘zlariga ko‘ra, hozirga qadar barchaga ma’lum bo‘lgan og‘riqlarni haqiqiydek qabul qiladigan birorta texnologiya yaratilmagan.

Shu bilan birga, mutaxassislar elektron teri yordamida tugmaga tegingandagi va ukol qilingandagi hislarni farqlay olishga ham muvaffaq bo‘lgan. Yangi texnologiya bionik protezlar yoki intellektual robototexnika yaratishda qo‘llash mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Avstraliyada og‘riqni sezishga qodir elektron teri yaratildi