22:36 / 09.09.2020
2 363

Xiaomi noodatiy frontal kameraga ega smartfon yaratadi

Xiaomi noodatiy frontal kameraga ega smartfon yaratadi
Foto: LetsGoDigital
Smartfonlar o‘lchami displeylar bilan birga parallel ravishda ishlab chiqaruvchilarni yangi komponovkalarni yaratishga majbur qilmoqda. So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p tajriba frontal kameralar ustida o‘tkazilyapti. Avvaliga ular katta qirqim ostida joylashgan bo‘lsa, keyinroq harakatlanuvchi mexanizm ko‘rinishi paydo bo‘ldi, keyingi yilda esa ekran osti kameralari ommalashishi kutilmoqda, deb xabar beradi LetsGoDigital.

Xiaomi’ning yangi patentiga ko‘ra, smartfon ekrani qurilma old yuzasining 99 foizini egallaydi. Barcha kameralar noodatiy yig‘ma mexanizmga joylashtirilgan.

G‘oyaga ko‘ra, barcha datchiklar «antenna» kabi yuqoridan chiqib keladi. Bitta to‘g‘ri burchakli modul o‘rniga bu yerda ikkita qiyalikdan foydalanilgan bo‘lib, u birdaniga ikkita kamerani ishlatish imkonini beradi. Orqa tarafida «katta» modul yo‘q, faqat yorug‘lik diodli chaqnoq uchun kichik teshik qolgan. Mexanizm ham selfi, ham oddiy suratga olish ishlari uchun birdek ishlaydi.

Hozircha nomi oshkor etilmagan devays boshqa smartfonlardan farq qilmaydi. Yon tomonida ovozni boshqaruvchi va bloklashga mo‘ljallangan standart tugmalar joylashgan. Pastki qismidan esa USB S, dinamiklar, yuqori qismidan — mikrofon uchun teshik o‘rin olgan.

Smartfon to‘laqonli relizga aylanishi yoki prototipligicha qolib ketishi noma’lum. Xiaomi bunga qadar yig‘ma mexanizmdan o‘zining flagman smartfonlarida foydalangan. Shu sababli kompaniyaning bu borada tarjibasi yo‘q deb bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi noodatiy frontal kameraga ega smartfon yaratadi