07:43 / 19.09.2020
1 779

Suratga olish, o‘yin o‘ynash va musiqa tinglash uchun mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi

Suratga olish, o‘yin o‘ynash va musiqa tinglash uchun mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi
Foto: «4Pda.ru»
Sony kompaniyasi o‘zining Xperia 5 II flagman smartfonini taqdim etdi, deb xabar beradi «4PDA.ru». Yangi model Yaponiya kompaniyasi muhandislari tomonidan bir nechta talablar inobatga olingangan holda yaratilgan: kameralar imkoniyati kengaytirilgan, o‘yin va boshqa mobil ilovalardagi yuqori ishchanlik, beshinch avlod aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va hokazo.

Snapdragon 865 protsessori bazasidagi smartfon 6,1 dyuymli OLED-displeyga ega bo‘lib, 120 gersli ekran yangilanishni qo‘llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari sozlamalar menyusida ekranni tomosha qilish va kalibrovkali kontentini yaratishning maxsus rejimi ham mavjud bo‘lib, u professional monitorlarga mos keladi.

Ishlab chiqarishuvchi qurilmaning ovoz chiqarsih qismiga ham alohida e’tibor qaratgan bo‘lib, Sony Xperia 5 II’ga Dolby Atmos texnologiyasini o‘rnatgan va 3,5 millimetrli razyomni saqlab qolgan. Gadjetda ikkita stereodinamik mavjud — korpusning yuqori va pastki qismida bittadan.

Sony Xperia 5 II’ning asosiy kamera modulida birdaniga uchta datchik taqdim etilgan — ularning fokus oralig‘i 16, 24 va 70 millimetrni tashkil etadi. Shunday qilib, smartfon standart portret ob’ektiv, keng burchak va suratga olishda televik funksiyasini ta’minlay oladi. Ishlab chiqaruvchi kameralarni yaratishda taniqli Zeiss kompaniyasi optikalaridan foydalangan.

Foto: «4Pda.ru»
Flagmanga sig‘imi 4000 mA/soatga teng va 21 vatli tezkor quvvatlanishga ega akkumulator o‘rnatilgan. Yangi model geymerlar uchun mo‘ljallangani hisobga olinib, Sony unga batareyani nazorat qilishning maxsus rejimi va zamonaviy sovutish tizimini o‘rnatgan. Qurilma 30 daqiqada 50 foizga quvvatlanadi, korpusi esa IP65/68 standarti bo‘yicha himoyalangan.

Texnik tavsifi:
Displey: OLED, 6,1", Full HD+, 120 Gs, 21:9;
Protsessor: Snapdragon 865;
Tezkor xotira: 8 Gb;
Ichki xotira: 128/256 Gb;
Asosiy kamera: 12 Mp (f/2.2, 16 mm) + 12 Mp (f/2.4, 70 mm) + 12 Mp (f/1.7, 24 mm);
Frontal kamera: 8 Mp;
Akkumulator: 4000 mA/soat;
O‘lchamlari: 158 x 68 x 8 mm;
Og‘irligi: 163 gramm.
Narxi 900 dollar atrofida bo‘lgan smartfonga oldindan buyurtma berish 17 sentabr kuni boshlangan bo‘lib, u 18 oktabrga qadar davom etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Suratga olish, o‘yin o‘ynash va musiqa tinglash uchun mo‘ljallangan Sony Xperia 5 II flagmani taqdim etildi