10:38 / 30.09.2020
2 667

Xitoyda Kiwigogo uchar avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Xitoyda Kiwigogo uchar avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Foto: Motor
Elektrokarlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Xpeng kompaniyasi tomonidan Kiwigogo aeromobili prototipi taqdim qilindi, deb xabar beradi Motor.

Gigant oktokopterni esga soladigan uchar avtomobil ikki yo‘lovchi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, 5 metrdan 25 metr balandlikkacha parvoz qilishi mumkin. Ta’kidlanishicha, Kiwigogo’ga Alibaba va Foxconn hamda boshqa yirik korporatsiya investorlari tomonidan 1,7 milliard sarmoya kiritilgan.

Foto: Motor
Kiwigogo prototip bosqichida ekani tufayli hozircha Xpeng Heitech, mazkur biznes va potensial bozor istiqbollarini o‘rganish bilan mashg‘ul, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning sentabr oyi o‘rtalarida Turkiyaning Baykar kompaniyasi tomonidan Cezeri aeromobilining sinov parvozi muhrlangan video taqdim qilingandi. Cezeri 2 ming metr balandlikka ko‘tarilishi, soatiga 100 km tezlikda 70-80 km masofani bosib o‘tishi mumkin.

2019 yilda gollandiyaliklar tomonidan Pal-V taqdim qilingan va u Kiwigogo hamda Cezeri’dan farqli o‘laroq faqat havoda emas, yo‘lda ham harakatlanishi mumkin bo‘lgan. Uchar avtomobil yerda soatiga 160 kilometr harakatlanishga qodir 100 ot kuchiga teng bo‘lgan va havoda harakatlanishi uchun 200 ot kuchiga teng dvigatel bilan jihozlangan. U havoda soatiga 180 kilometr tezlikda, yerdan 3,5 metrgacha balandlikda harakatlana olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda Kiwigogo uchar avtomobili taqdimoti bo‘lib o‘tdi