15:30 / 30.09.2020
2 463

Birinchi buklama noutbuk sotuvga chiqdi (foto, video)

Birinchi buklama noutbuk sotuvga chiqdi (foto, video)
Foto: «GizChina.it»
«Lenovo» kompaniyasi planshet va noutbuk imkoniyatlarini jamlagan, dunyodagi ilk buklanuvchi noutbukka (ThinkPad X1 Fold) buyurtma olishni boshladi. Ushbu noutbuk taqdimoti 2020 yilning yanvar oyida o‘tkazilgandi.

Xuddi «Samsung Galaxy Fold» smartfoni kabi, «ThinkPad X1 Fold» ham bukiladi, ammo OLED-displeyi anchagina katta (13,3 dyuym).

Foto: «Windows Central»
To‘liq yoyib qo‘yilsa, ulkan planshetga aylanadi.

Foto: «Mobile-review.com»
Moslamaga qo‘yib, simsiz klaviatura ulasangiz — noutbuk.

Foto: «3DNews»
90 darajaga buklasangiz — mini-noutbuk, displeyning quyi qismida ekran klaviaturasi paydo bo‘ladi.

«Lenovo» taqdim etgan «planshetbuk»ning texnik imkoniyatlari ham yuqori: 11-avlod Intel protsesori, USB-C uchun ikkita port, sim-kartalar uchun slot, 8 GB tezkor xotira, 1 TBgacha ichki xotira, 50 vatt-soatlik akkumulator. Shuningdek, 5G-tarmoqqa ulanish imkoniyati.

«The Verge» yozishicha, AQSHda «X1 Fold»ga buyurtma berish — $2499. Kompaniya buyurtmalarni 4-5 hafta ichida yetkazishni boshlashini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Birinchi buklama noutbuk sotuvga chiqdi (foto, video)