08:46 / 14.10.2020
3 389

Samsung 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng hamyonbop smartfonni taqdim etdi

Samsung 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng hamyonbop smartfonni taqdim etdi
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Samsung Galaxy A42 mobil aloqa tarmoqlarining yangi avlodini qo‘llab-quvvatlashga qodir eng hamyonbop smartfonga aylanadi. Buyuk Britaniyada uning narxi 349 funt sterlingdan boshlanadi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Smartfon 5G modemga ega yangi Snapdragon 750G protsessorida ishlaydi. Yangi mobil aloqani qo‘llab-quvvatlash uchun displeydan tejashga to‘g‘ri kelgan — bu 6,6 dyuymli Super AMOLED matritsa, biroq HD+ tiniqlikka ega. Bu kabi diagonal uchun mazkur sifat yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Ammo Galaxy A42’ning asosiy kamerasi to‘rtta ob’ektivda iborat. Asosiy modul — 48 megapikselli f/1,8. Yana u 6 gigabaytli tezkor xotiraga ega. Akkumulator sig‘imi 5000 mA/soatga teng bo‘lib, 15 vattli tezkor quvvatlanish funksiyasi mavjud.

Taqqoslash uchun, Galaxy A42 OnePlus Nord’dan 20 funtga arzonroq narxda sotiladi. Ammo unga ancha kuchli protsessor — Snapdragon 765G va 90 gersli Full HD displey o‘rnatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng hamyonbop smartfonni taqdim etdi