08:44 / 27.10.2020
2 256

iPhone 12 Pro’da antiqa funksiya paydo bo‘ldi

iPhone 12 Pro’da antiqa funksiya paydo bo‘ldi
Foto: Apple
Apple’ning yangi iPhone 12 Pro smartfonida antiqa funksiya aniqlandi. Ta’kidlanishicha, yangi smartfon turli ob’ektlar balandligini, jumladan odam bo‘yini o‘lchay oladi.

GizChina nashrining xabar berishicha, yangi funksiyadan foydalanish uchun “Ruletka” deb nomlangan dasturni ochib, smartfon kamerasini odamga u kadrga to‘liq joylashadigan qilib yo‘naltirish lozim.

Birozdan keyin smartfonda odamning bo‘yi ko‘rsatilgan chiziq paydo bo‘ladi. Kompaniyada yangi funksiya borligi tasdiqlangan va u turli ob’ektlar, misol uchun, mebel jihozlari o‘lchamlari, devorlar balandligi va shu kabilarni o‘lchash uchun ishlab chiqilgani ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha, ushbu funksiyaga lidar skaneri bilan jihozlangan yangi gadjetlargina ega. Ushbu texnologiya to‘ldirilgan reallik bilan birgalikda ishlaydi. U iPhone 12 Pro, iPhone 12 Pro Max va yangi iPad Pro planshetida qo‘llanadi.

Apple’ning yangi smartfonlari qatori 13 oktabrda iPhone 12, 12 mini, 12 Pro va 12 Pro Max modifikatsiyalarida taqdim etilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » iPhone 12 Pro’da antiqa funksiya paydo bo‘ldi