23:13 / 29.10.2020
2 079

Singapurda koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi

Singapurda koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi
Foto: malaysia.news
Singapurning Breathonix kompaniyasi mutaxassislari koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi test qurilmasini taqdim etishdi.
Ta’kidlanishicha, qurilma respirator trubka ko‘rinishida bo‘lib, organizmda koronavirus bor-yo‘qligini aniqlash uchun unga puflash kerak.

Qurilmaning 180 ko‘ngilli ishtirokidagi sinovlari u koronavirusni 90 foizdan yuqoriroq aniqlik bilan aniqlashini ko‘rsatgan. Shu bilan birga u keng qo‘llanuvchi PSR-testlardan 70 foiz arzonroq turadi.

Tester ishlab chiqaruvchilari 2021 yil boshida mas’ul idoralardan o‘z ixtirolariga ruxsat olishga umid qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Singapurda koronavirusni bir daqiqada aniqlovchi qurilma ishlab chiqildi