00:23 / 18.11.2020
2 136

Kanadada “antikoronavirus” shlemlar sotuvga chiqarildi

Kanadada “antikoronavirus” shlemlar sotuvga chiqarildi
Foto: vyzrtech.com
Kanadada VZYR Technologies kompaniyasi koronavirusdan himoyalashga mo‘ljallangan antiqa shlemlarni ishlab chiqara boshladi.
BioVYZR deb nomlangan shlemni 379 dollardan buyurtirish mumkin. U boshni va tananing yuqori qismini to‘liq yopadi. Shlemning orqa panelida batareyadan ishlovchi ventilator hamda havoni tozalovchi filtr joylashgan. Batareya quvvati 12 soatga yetadi.

Ta’kidlanishicha, antikoronavirus shlemni ixtiro qilgan Yezin Al-Kaysi 2 oydan beri undan foydalanmoqda. 32 yoshli ixtirochining ta’kidlashicha, ko‘pchilik uning ixtirosiga qiziqish bildirmoqda.

Olimlar hozircha ushbu shlemning samaradorligini tasdiqlashga shoshmayaptilar, chunki u hali yetarlicha o‘rganilmagan.

Avvalroq koronavirusdan himoyalovchi xuddi shunga o‘xshash qurilmaga amerikalik ixtirochi Kris Elinger patent olgan. U ishlab chiqqan NE-1 qurilmasi motosiklchilar shlemiga o‘xshaydi. Shlem havoni tozalovchi tizimga qo‘shimcha ravishda foydalanuvchi atrofdagi odamlar bilan gaplasha olishi uchun ichki va tashqi mikrofonlar va karnaylarga ega. Qurilmada, shuningdek, telefon orqali qo‘ng‘iroqni amalga oshirish va musiqa tinglash uchun Bluetooth orqali tovushni uzatish ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Kanadada “antikoronavirus” shlemlar sotuvga chiqarildi