18:18 / 18.11.2020
3 497

Umrimizning 9 yilini «o‘g‘irlaydigan» qurilma aniqlandi

Umrimizning 9 yilini «o‘g‘irlaydigan» qurilma aniqlandi
Foto: «Yandeks Dzen»
«Whistle Out» tadqiqotlar kompaniyasi smartfondan foydalanuvchi minglab insonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazdi. Tadqiqot inson o‘z umrining (o‘rtacha) 9 yilini smartfonga sarflashini ko‘rsatdi.

Tadqiqotchilarga ko‘ra, o‘rtacha hisoblaganda, bir odam umrining taxminan 76 500 soatini smartfonga tikilib o‘tkazadi. Bu ko‘rsatkichni chiqarish uchun mutaxassislar insonning o‘rtacha umr ko‘rish yoshi, necha yoshdan smartfondan foydalana boshlashi, telefonni kun davomida qancha vaqt ishlatishi kabi ma’lumotlarni hisobga olishdi. Masalan, millineallar bir sutkada 3,7 soatni smartfonga ajratishadi.

Aynan millineallar — 1981—1996 yillar oralig‘ida tug‘ilgan insonlar smartfonga eng ko‘p vaqtini sarflovchilar. Keyingi o‘rinda X avlod (1965—1980 yillar) vakillari — bir sutkada 3 soat. Eng past ko‘rsatkich, albatta, bumerlarda (1946—1964 yillar) — 2,5 soat.

Mutaxassislarga ko‘ra, uyquni hisobga olmaganda, milleniallar umrlarining 23,1 foizini, X avlod 16,5 foizini, bumerlar esa 9,9 foizini smartfonga baxshida etishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Umrimizning 9 yilini «o‘g‘irlaydigan» qurilma aniqlandi