18:03 / 20.11.2020
2 420

Pavel Durov iPhone 12 Pro'ni qo‘pol temir parchasi deb atadi

Pavel Durov iPhone 12 Pro'ni qo‘pol temir parchasi deb atadi
«VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschilaridan biri Pavel Durov Apple kompaniyasining so‘nggi mahsuloti iPhone12 smartfonlarini qo‘pol temir parchasi deb atadi.

«iPhone 12 Pro'ni sinab ko‘rdim va bu shunchaki qo‘pol temir parchasi ekanligiga ishonch hosil qildim. U 2012 yilgi iPhone 5'ning kattalashtirilgan uch xil balandlikda chiqib turgan xunuk kameralar to‘plamiga ega talqiniday tuyiladi. Ekran yuqorisidagi taniqli «qosh» va keng bo‘lgan ramka hanuzgacha mavjud bo‘lib, natijada ekranning tanaga nisbati past bo‘lib, sizga qo‘lingizdagi qurilma eskidek tuyiladi», – deydi Durov.

Shuningdek, Telegram asoschisi Apple kompaniyasi yangiliklarsiz, Stiv Jobs yaratgan texnologiyalar asosida yashayotganini aytdi.

«Stiv Jobsning vafotidan 9 yil o‘tib, kompaniya hali ham hech qanday muhim yangiliksiz faqat Jobs yaratgan texnologiya va obro‘yi asosida yashab kelmoqda. Joriy yilning boshida iPhone sotuvi 21 foizga pasayganining hech ajablanarli joyi yo‘q . Agar bu moyillik davom etsa, 7-10 yil ichida dunyo bozorida iPhone’ning ulushi arzimas miqdorda bo‘ladi», – qo‘shimcha qiladi Pavel Durov.

Shu yilning iyul oyida Durov Yevropada Apple’ga qarshi boshlangan antimonopoliya ishini ham «ijobiy qadam» deb baholab chiqqan edi.
Telegram kompaniyasi esa App Store ilovalar do‘konini raqobat qoidalariga zid ravishda ishlashda ayblab Yevrokomissiyaga shikoyat qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov iPhone 12 Pro'ni qo‘pol temir parchasi deb atadi