Foto: «Topcor.ru»
LG ekrani ochiladigan noutbukni patentladi. Bu haqda «Root MyGalaxy» nashri xabar berdi.
Ixtiro tavsifiga ko‘ra, kompyuter egiluvchan ekran bilan jihozlanib, uni o‘rab, noutbuk qutisiga bekitib qo‘yish mumkin. Transformatsiya elektr motor yordamida boshqariladi. Qurilma klaviaturasi ham yig‘iladigan konstruksiyaga ega. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, ushbu matox yig‘ilgan holatda saundbarni yodga soladi.
Qayd etilishicha, noutbuk diagonali 13,3 — 17 dyuymli o‘rama displey bilan jihozlanadi. Bozordagi ko‘pgina ixcham kompyuterlardan farqli o‘laroq Koreya kompaniyasi ishlab chiqargan uskunaning yonida quvvatlovchi tugmasi bo‘ladi. Jurnalistlar bunday qurilmaning sharofati bilan LG kompyuteri boshqa noutbuklarga qaraganda ixchamligi va mobilligi bilan ajralib turishini ta’kidlashmoqda.
Sentabrning oxirida LG o‘rama matritsali birinchi televizorni taqdim etdi. 100 million Koreya voni (taxminan 930 million so‘m)ga baholangan LG Signature OLED TV R apparati egiluvchan OLED-displeyiga ega bo‘lib, maxsus moslamaga o‘raladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi