1 974
Noyob simsiz quvvatlantirgich yaratildi. U smartfonni havo orqali quvvatlantira oladi

Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Janubiy Koreyaning Sejon universiteti tadqiqot guruhi yangi turdagi quvvatlantirgich ustida ish olib bormoqda, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.
Bunga qadar ham turli davlatlarning olimlari masofadan turib quvvatlantirish funksiyasini tajribadan o‘tkazayotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi, biroq bu safar olimlar yaxshi natijaga erishgan ko‘rinadi. Ta’kidlanishicha, tadqiqotchilar Janubiy Koreya va xalqaro patent tashkilotlariga ariza topshirgan bo‘lib, hozirda qurilmaning tijoratlashtirish bosqichiga tayyorlanmoqda.
Smartfonni kuchli infraqizil nurlanish hisobiga quvvatlantirish mumkin. U esa, o‘z navbatida, yarim o‘tkazgichli optik kuchaytirgich hisobiga generatsiyalanadi. Aftidan, qurilma bir-ikki metr uzoqlikdan turib ham ishlay oladi, bunda energiya yo‘qolishi bo‘lmaydi yoki minimal ko‘rsatkichni tashkil etadi. Ixtirochilarning ta’kidlashicha, bir vaqtning o‘zida bir nechta elektron qurilmani quvvatlantirish mumkin bo‘ladi.
Texnologiya xavfsiz: infraqizil simsiz quvvatlantirgich elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilmaydi, bu esa inson organizmining elektromagnit nurlanishdan himoyalanishini kafolatlaydi.
Bu kabi quvvatlantirgich zamonaviy simsiz muqobillaridan samarali bo‘lishi mumkin. Masalan, Apple’ning MagSafe Duo simsiz qurilmasi hatto iPhone’ni to‘liq quvvat bilan quvvatlantira olmayapti. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qizib ketayotgan smartfonni muzlatgichga solib sovutish to‘g‘rimi?

Apple iPhone 12’ni naushnik va quvvatlantirgichsiz ishlab chiqaradi

Apple yangi va eski iPhone’lar jamlanmasidan quvvatlantirgichni olib qo‘yadi

Koronavirusga qarshi kurashuvchi robot-dezinfektor yaratildi (video)

Masofadan turib boshqariladigan elektrosamokat yaratildi (foto)

Samsung bir vaqtda ikkita smartfonni quvvatlovchi simsiz qurilma yaratdi