23:30 / 26.11.2020
3 666

Yangi transport turi — «samolyotkopter» namoyish etildi (video)

Yangi transport turi — «samolyotkopter» namoyish etildi (video)
Foto: New Atlas
Avstraliyaning AMSL Aero kompaniyasi Vertiia nomli noodatiy uchish qurilmasini yaratish ustida ish olib bormoqda. Qurilma vodorod yoqilg‘isida uchadi va tayanchlarga qotirilgan sakkizta parrakdan iborat. Apparat biror ko‘ngilsiz hodisa sodir bo‘lganda yoki parraklardan birortasi ishdan chiqqanida ham bemalol parvozni amalga oshirishi uchun ataylab shunday yaratilgan, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Parraklar o‘zining holatini parvoz vaqtida o‘zgartira oladi — Vertiia u qadar katta bo‘lmagan og‘ish hisobiga xuddi dronlar kabi vertikal uchish va qo‘nishni amalga oshira oladi. Qurilma gorizontal holatda oldinga harakat qiladi — samolyot kabi. Bunday xususiyat Vertiia’ni turli sharoitlarda harakatlanishiga imkon yaratadi, ayniqsa, uchish-qo‘nish yo‘laklari bilan muammo bor joylarda. Ushbu fakt CareFligt favqulodda tibbiy xizmat ko‘rsatish xususiy kompaniyasining e’tiborini tortdi. Kompaniya ilk mashinalarni 2023 yilda qo‘lga kiritadi.

Ixtirochilarning so‘zlariga ko‘ra, Vertiia soatiga 300 kilometrda harakatlana oladi, biroq bu hozircha faqat parvozning kutilayotgan tezligi. Qurilma unga erisha olish yoki olmasligi yaqin kunlarda o‘tkaziladigan sinovlarda ma’lum bo‘ladi. Ta’kidlanishicha, Vertiia vodorod yoqilg‘i yordamida 800 kilometrgacha, batareyalarda esa 250 kilometrgacha yo‘l bosa oladi. Shu turdagi qurilmalar kelajakda taksilarning noodatiy modifikatsiyasiga aylanishi mumkin.

Foto: New Atlas

Foto: New Atlas

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi transport turi — «samolyotkopter» namoyish etildi (video)